Maqolalarni rasmiylashtirish talablari
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
“ILMIY MULOHAZA” jurnali ilmiy maqolalarni o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qiladi hamda chop etadi.
1. Qabul qilinadigan tillar
“ILMIY MULOHAZA” jurnali ilmiy maqolalarni o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qiladi hamda chop etadi.
2. Maqola nomi va muallif ma’lumotlari
Maqolaning yuqori qismida maqola nomi bosh harflarda yoziladi. Keyingi satrlarda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni to‘liq ko‘rsatiladi. Bir nechta muallif ishtirok etgan taqdirda, har bir muallif haqidagi ma’lumot alohida beriladi.
3. Annotatsiya, kalit so‘zlar va manbalar
Maqolaga o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya hamda kalit so‘zlar ilova qilinadi. Matndagi manbalarga havolalar kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati amaldagi bibliografik talablar asosida rasmiylashtiriladi.
4. Rasm, jadval va boshqa grafik materiallar
Maqolada rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma yoki boshqa grafik materiallardan foydalanilgan taqdirda, ular aniq va sifatli tasvirlanishi, tartib raqami va nomi bilan berilishi lozim. Qisqartmalarning to‘liq izohi matnda keltiriladi. Formulalar maxsus kompyuter dasturlari yordamida kiritiladi.
5. Texnik rasmiylashtirish talablari
Maqola Microsoft Word dasturida tayyorlanadi. Matn Times New Roman, 12 o‘lchamli shriftda, qator oralig‘i 1,0, abzats chekinishi 1,0 sm qilib yoziladi. Sahifaning chap tomonidan 3 sm, yuqori, pastki va o‘ng tomonidan 2 sm joy qoldiriladi. Maqola nomi bosh harflarda yoziladi.
6. Ilmiy mazmun va plagiat tekshiruvi
Maqola muallifning mustaqil ilmiy izlanishlari natijasiga asoslangan, ilmiy yangilik va asoslangan xulosalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Tahririyatga taqdim etilgan maqolalar plagiatni aniqlash tizimi orqali tekshiriladi.
7. Ko‘rib chiqish va taqrizlash tartibi
Tahririyatga kelib tushgan maqolalar dastlabki ko‘rib chiqishdan o‘tkaziladi va tegishli soha mutaxassislariga taqriz uchun yuboriladi. Zarur hollarda maqola taqrizchi fikr va tavsiyalari asosida qayta ishlash uchun muallifga qaytariladi. Ijobiy taqriz olgan maqolalar nashrga tavsiya etiladi. Maqoladagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, iqtiboslarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va mualliflik huquqlariga rioya etilishi uchun muallif javobgar hisoblanadi.
8. Tahririyatning tahrir qilish huquqi
Tahririyat maqolaning ilmiy mazmunini o‘zgartirmagan holda matnni tahrir qilish, uslubiy va imloviy tuzatishlar kiritish hamda zarur hollarda qisqartirish huquqiga ega.
9. Talablarga mos kelmaydigan maqolalar
Jurnal yo‘nalishlariga mos kelmaydigan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmasligi mumkin.
